Qashqadaryoda o‘g‘il onasini o‘ldirib qo‘ydi. Ayol 74 yoshda bo‘lgan

  • 10:28 / 19.07.2021
  • 165

Qashqadaryo viloyati Koson tumani “Yuqori Obron” mahallasida istiqomat ruhiy kasalliklar shifoxonasida davolanib chiqqan E.Sh o‘z onasini o‘ldirdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, Koson tumani “Yuqori Obron” mahallasida yashovchi 46 yoshli erkak E.Sh. 10-iyul kuni 74 yoshli keksa onasi M.B.ni bolta bilan urib o‘ldirgan. Qashqadaryo viloyat IIB ma’lumotida aytilishicha, erkak 2003-yildan buyon “Shizofreniya” kasalligi bilan hisobda turgan.

Marhuma M.B. farzandi E.Sh.ni bir necha bor davolatgani, jumladan, 2021-yil 6-iyun kuni uni viloyat Asab-ruhiy kasalliklar dispanserida davolatib, uyiga olib kelgan.

Ammo uning xatti-harakatlarini biriktirilgan oilaviy poliklinika patronaj guruhi mas’ullari tomonidan doimiy nazorat tartibida o‘rganilmagan.
Holat yuzasidan Koson tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.