Qashqadaryoda portlagan Nexia bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar e’lon qilindi

  • 17:18 / 22.05.2021
  • 340

Bugun, 22-may kuni Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tuman hududida Nexia avtomashinasiga o‘rnatilgan gaz balloni portlagani va natijada ikki nafar fuqaroning vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

Viloyat IIB xabariga ko‘ra, joriy yil 22-may kuni soat 06:36 larda Chiroqchi tuman “Navoiy” MFY Terakzor ko‘chasida o‘tgan yo‘lda Chiroqchi tumani, “Qumdaryo” MFY Oqtunli qishlog‘ida yashagan B.J. otasi E.M.ga tegishli bo‘lgan “Nexia-1” rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotgan vaqtida kuchli portlash sodir bo‘lgan.

Natijada “Nexia-1” avtomashina xaydovchisi B.J. va avtomobil salonida yo‘lovchi sifatida ketayotgan ukasi X.J.lar voqea joyida vafot etgan.
Shuningdek avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan qishloqdoshi A.S. og‘ir tan jarohati olib tuman tez tibbiy yordam bo‘limiga tushgan.
Mazkur holat yuzasidan 22.05.2021 yilda Chiroqchi tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 262-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayni vaqtda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.