Qashqadaryolik erkak shifokor xotinini ishxonasida pichoqlab o‘ldirdi

  • 12:55 / 19.07.2021
  • 294

Koson tumanida 10-iyul kuni soat 9:00 larda 60 yoshli erkak tuman tibbiyot birlashmasida ishlaydigan shar’iy nikohdagi xotinini pichoqlab, o‘ldirdi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, erkak tibbiyot muassasasiga COVID-19’ga qarshi emlanishga kelganini aytib, ichkariga kirgan.

Qayd etilishicha, er-xotin o‘rtasida yuzaga kelgan janjaldan keyin ayol qochib boshqa xonaga o‘tgan. Erkak yonida olib kelgan pichog‘i bilan shifokor xotinini pichoqlab qo‘yadi. Avval ham erkakning uch marta uylangani aytilmoqda.

“Yasholmayman. Kelisha olmayapmiz. Ichib keladi uyga. Janjal qiladi, deb aytardilar”, – deydi marhumaning hamkasbi.

Hozirda holat bo‘yicha jinoiy ish ochilib, tergov olib borilmoqda.

Teglar