Qatar Suriyadagi terrorchilarni moliyalashtirishda ayblanmoqda

  • 18:10 / 04.06.2021
  • 273

Qatar Suriyadagi terrorchilarni moliyalashtirish uchun millionlab dollar pul  ajratganlikda ayblanmoqda,deyiladi Daily Mail xabarida.
 
Xabar qilinishicha, to‘qqiz nafar Suriya fuqarosi London Oliy sudiga, ularni Qatar tomonidan moliyalashtirilgan jangari guruh a‘zolari qiynagani bo‘yicha murojaat kelib tushgan. Ular Qatarning yetakchi siyosatchilari va  ishbilarmonlarini “Al-Qoida” terroristik tashkilotining bir qismi bo‘lgan “Al-Nusra” guruhiga yuz millionlab dollar mablag‘ni yo‘naltirishda ayblashgan.

Ma’lum bo‘lishicha, sudda taqdim etilgan hujjatlarda Qatar hukumati Suriyadagi fuqarolar urushi paytida jangarilarni “faol qo‘llab-quvvatlash va moliyalashtirish”ning noqonuniy tizimini tashkil qilgan.

Qayd etilishicha, pul o‘tkazmalari qurilish shartnomalari va ko‘chmas mulk uchun oshirilgan narxlarda to‘langanligi aytilmoqda. Qatar Milliy banki va Doha banki ham terrorchilarni moliyalashtirishga ko‘maklashganlikda ayblangan.

Manbaning yozishicha, barcha gumondorlar ularga qo‘yilgan ayblovlarni rad etishgan. Ishonchli dalillar keltirilsa, tergov yana davom etadi.