Qatardagi jahon chempionatida e’tiborga molik ko‘plab masalalar mavjud – Vladimir Putin

  • 18:39 / 05.06.2021
  • 196

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qatarga 2022-yilgi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rishda yordam berishga tayyorligi haqida gapirdi.

“Gumanitar sohalarga kelsak, Qatarning FIFA Jahon chempionatiga tayyorgarligi birinchi o‘rinda turadi. Biz bu borada ular bilan gaplashdik.

Qatar duch keladigan qiyinchiliklarni tushunaman. Men mintaqaviy muammolar va pandemiya bilan bog‘liq muammolarni nazarda tutayapman. Shu o‘rinda, alohida e’tiborni talab qiladigan boshqa masalalar ham mavjud. O‘z navbatida biz Qatardagi do‘stlarimizni qo‘llab-quvvatlash va ularga ushbu mas’uliyatli, global miqiyosdagi tadbirga tayyorgarlik ko‘rishda yordam berish uchun qo‘limizdan kelganicha harakat qilamiz.

Qiyinchiliklar ham iqtisodiy, ham boshqa turli-xil ko‘rinishga ega. Alohida e’tiborni talab qiladigan ko‘plab masalalar mavjud. Biz o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish uchun har qanday kichik yo‘nalishlarda ham ular bilan yaqindan hamkorlik qilamiz”, - dedi Rossiya prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, futbol bo‘yicha 2018-yilgi Jahon chempionati Rossiya Federatsiyasida bo‘lib o‘tgan edi. Kelgusi Jahon chempionati Qatar davlatida 2022-yilning noyabr–dekabr oylarida o‘tkaziladi.