Qatʼiyatni qanday shakllantirish mumkin? Buning 6 usuli bilan tanishing!

  • 16:44 / 14.10.2021
  • 173

Muvaffaqiyati odamlar oddiy odamlardan aynan qanday jihatlari bilan farqlanib turishadi, bilasizmi? Bunday sifatlardan biri qatʼiyat boʻlib, u odamga oʻz oldiga maqsad qoʻyish va buning uchun harakat qilishga kuch beradi. Eng muhimi, qatʼiyatni rivojlantirish imkonsiz ish emas.

Ilmiy tadqiqotlarga koʻra, qatʼiyati kuchli odamlar bugungi ishni ertaga qoldiradigan odamlarga nisbatan baxtliroq yashashadi, hayotdan qoniqib umr kechirishadi. Zimmasida muhim vazifa borligini bila turib, uni ortga suradiganlar esa doimiy stress holatida yashaydilar. Xoʻsh, qatʼiyatni qanday qilib rivojlantirish mumkin?

1. Toʻyib uxlang!

Kun davomida siz qabul qiladigan qarorlar va bajaradigan ishlarning sifati tunda qay darajada toʻyib uhlashingizga bogʻliq ekanligini bilasizmi? Har kuni 7-8 soat uhlashga, kuning bitta vaqtida yotib, bitta vaqtda uygʻonishga harakat qiling. Toʻyib uhlamaslik sizni kerakli qarorlarni qabul qila olmaydigan, ishlaridan natija boʻlmaydigan zaif odamga aylantirib qoʻyadi.

2. Uygʻotgichni oʻchirib qoʻymang.

Uygʻotgich soat jiringlagan vaqtda uni 10 daqiqaga yoki yarim soat keyinga surib qoʻymang. Organizmni bu tarzda qiynash yaxshi ish emas! Soatni oʻchirib uxlasangiz, miya qaytadan dam olishga moslashadi, oradan 10 daqiqa oʻtmay turib uni yana uygʻonishga majbur qilasiz. Bu kun davomidagi holsizlikka sabab boʻladi, sizni qatʼiyatsiz odamga aylantirib qoʻyadi. Kichik yutuqlar esa katta gʻalabalarga eltadi!

3. Sovuq dush qabul qiling

Bu ishni birdaniga amalga oshirish qiyin ekani tabiiy, shuning uchun jarayonni iliqroq suvdan boshlang. Asta-sekinlik bilan haroratni pasaytirib boring. Tonggi dush asab tizimining “uygʻonishi”ga yordam beradi, unga antidepressant kabi taʼsir qiladi.

4. Tongda eng muhim vazifalarni bajaring

Kun uchun rejalashtirilgan eng muhim ishingizni tongda bajarib oling, uni yakunlagandan keyingina ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringizni tekshiring. Buning natijasida miyada dofamin gormoni ishlab chiqariladi. Yakunlangan vazifa tufayli hosil boʻlgan quvonch hissi kun davomida sizga kuch berib turadi.

5. Oʻzingizga dam bering

Qatʼiyat ham tanadagi mushaklar kabi vaqti-vaqti bilan charchab qolishi mumkin, buning oldini olish uchun uning qayta tiklanishiga imkon berish darkor. Bir necha soat ishlaganingizdan keyin toza havoga sayr qilishga chiqing, bu vaqtda telefoningizni oʻchirib qoʻying. Yana biroz ishlaganingizdan keyin oʻzingizni meva sharbati bilan siylang. Shu tariqa odam oʻzini kun davomida tetik his qiladi.

6. Sport bilan shugʻullaning

Sport butun organizmga ijobiy taʼsir koʻrsatadi, miya faoliyatini ragʻbatlantiradi. Mashgʻulotlar tanaga antidepressant kabi taʼsir koʻrsatadi. Doimiy jismoniy faollik qatʼiyatni rivojlantirishga yordam beradi.