Qibrayda 9 gektarlik qulupnay dalasi hokimiyat topshirig‘i bilan buzib tashlangani aytilmoqda

  • 14:25 / 20.05.2021
  • 247

Ayni dam ijtimoiy tarmoqlarda “Qibray tumanida 9 gektarlik tayyor pishgan qulupnay buzib vayron qilib tashlandi” nomli sarlavha bilan video tarqalmoqda.

Toshkent viloyati IIBB Matbuot xizmati mazkur holatda ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan IIO xodimlari ayblanayotgani, ammo ushbu yerdagi hosilni terib olish, o‘rib tashlash yoki buzdirish ishlariga Ichki ishlar xodimlari aloqador emasligini aytmoqda.

“Ular jarayonda faqatgina kelib chiqqan janjalni to‘xtatish, jamoat tartibini saqlash, xizmat burchini bajarishmoqda”, – deyiladi viloyat IIBB munosabatida.

Qibray tumani hokimligi esa, hosil bilan bog‘liq holat o‘rganilayotgani, sabablari haqida tez orada to‘liq ma’lumot berilishini ma’lum qildi.