Qirg‘iz-tojik chegarasida yana notinchlik kuzatildi

  • 09:46 / 04.06.2021
  • 108

Tojikiston harbiylari qo‘shni mamlakat hududiga 1 kilometrgacha kirib borib, u yerda konteyner o‘rnatgan, deyiladi Qirg‘iziston chegara matbuoti xizmati xabarida.

Chegarachilarning xabar berishicha, Chon-Olay viloyatining Unju-Buloq hududiga bugun tonggi soat 06.00da Tojikiston harbiylari zirhli mashinalarda kirib, belgilanmagan yerga konteyner o‘rnatgan va 600 metr ortga chekingan.
 
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara xizmatining xabariga ko‘ra, ular ziddiyatning avj olishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha choralarni ko‘rmoqda. Biroq, Tojikiston chegara xizmati vakillari telefon qo‘ng‘iroqlariga javob bermayotgani aytilgan. 

Eslatib o‘tamiz, 29-aprel kuni Golovnaya suv olish joyida ikki mamlakatning chegaraoldi hududlari aholisi oʻrtasidagi ziddiyat qurolli toʻqnashuvga aylanib ketgandi. Chegarachilar oʻrtasidagi toʻqnashuv olti soatdan koʻproq davom etib, Qirgʻizistonning 36 fuqarosi, Tojikistondan esa 19 kishi halok boʻlgandi.

29-aprel kuni kechqurun tomonlar sulhni toʻxtatish va chegaradan kuchlarni olib chiqib ketish toʻgʻrisida kelishib oldilar, ammo ertasi kuni yana otishmalar boshlandi. 30-aprel kuni  yana bir kelishuvga erishilgan va Tojikistondan kelgan barcha askarlar 1-may kuni Qirgʻiziston hududidan chiqib ketishgandi.