Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi Tojikiston elchisiga norozilik notasini topshirdi

  • 10:42 / 05.06.2021
  • 102

Tojikiston harbiy xizmatchilarini va harbiylashtirilgan uskunalarni Qirg‘iziston hududiga maqsadsiz olib kirgani xabar qilingan edi. O‘sh viloyatining Chon-Olay tumani Unju-Buloq hududiga maqsadsiz kirib borgani uchun Tojikistonning Qirg‘izistondagi elchisi Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirilib, unga norozilik notasi topshirildi, deyiladi Qirg‘iziston TIV matbuot xizmati xabarida.

Ta’kidlanishicha, Tojikiston elchisiga qirg‘iz-tojik chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo'yicha hukumat delegatsiyalari tomonidan tuzilgan kelishuvlarni buzganligi to‘g‘risida ko‘rsatma berilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Qirg‘iziston tomoni ikki davlatning chegaraoldi hududlarida vaziyatning yanada keskinlashishini oldini olish uchun tojik tomonidan Unju-Buloq hududiga o‘rnatilgan konteynerlarni va zirhlangan harbiy mashinalarni olib chiqib ketishni talab qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 4-iyun kuni Tojikiston harbiylari Unju-Buloq hududiga konteynerlar o‘rnatgani xabar qilingan edi.