Qishloq xo‘jaligi vaziriga Toshkent davlat agrar universiteti rektori vazifasini bajarish yuklatildi

  • 14:40 / 11.09.2021
  • 211

Hukumat qarori bilan Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayevga Toshkent davlat agrar universiteti rektori vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimi yuklandi.

Ma’lumot uchun, Jamshid Xodjayev Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Birmingem universiteti bitiruvchisi hisoblanadi. 

2017-yildan buyon hukumat a’zosi. 2017–2019-yillarda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri lavozimida ishlagan.

2019-yil yanvardan buyon esa Qishloq xo‘jaligi vaziri .