“Qizil kitob”ga kiritilgan 700ga yaqin toshbaqalarni olib chiqmoqchi bo‘lgan brakonyerlar ushlandi

  • 14:24 / 22.05.2021
  • 262

2021-yil 21-may kuni Qashqadaryo viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, viloyat IIB YPXX, viloyat o‘simliklar karantin inspeksiyasi hamda viloyat veterinariya xodimlari bilan hamkorlikda Chiroqchi tumanida to‘xtatilgan avtomashinada 700ga yaqin yovvoyi toshbaqalar tabiiy muhitdan noqonuniy yig‘ib-terib olib ketilayotganligi aniqlangan.

Brakonyerlar olib chiqmoqchi bo‘lgan toshbaqalar O‘rta osiyo cho‘l toshbaqalari (“Agrionemys horsfieldii”) turi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi “Qizil Kitobi”ning yangi nashriga kiritilgan.

Brakonyerlar tomonidan viloyatdan noqonuniy ravishda olib chiqib ketilayotgan toshbaqalar bo‘yicha belgilangan tartibda tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi. Toshbaqalar Buxoro ixtisoslashtirilgan "Jayron" pitomnigiga topshirildi.