Qoidabuzarliklarni aniqlovchi yangi moslama sinovdan o‘tkazilmoqda

  • 11:15 / 22.07.2021
  • 99

Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxt ko‘chalarida qoidabuzarlikni aniqlovchi yangi moslama paydo bo‘lgani to‘g‘risida videolavha tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan IIV YHXB rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, yo‘llarda nazoratni ta’minlashda inson omilini cheklash, fuqarolar bilan muloqotni qisqartirish maqsadida rejali ishlar amalga oshirilmoqda.

“Ijtimoiy tarmoqlarda "Tracker" rusumli, 01 779 VSC davlat raqam belgili maxsus xizmat avtomobilining tom qismiga o‘rnatilgan moslama aks etgan videolavha tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Mazkur moslama qoidabuzarlik holatlarini qayd etishga mo‘ljallangan. Hozirda sinov tariqasida qo‘llanilib, tajribadan o‘tkazilmoqda”, deyiladi rasmiy ma’lumotda.

Qayd etilishicha, tajriba yakunlanib, moslamadan amaliyotda foydalanish boshlanganda qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Teglar