Qoidani buzgan IIB xodimi 2,5 mln so‘m jarima to‘ladi

  • 13:13 / 18.04.2021
  • 502

“IIB xodimi qoidani buzdi” sarlavhasi ostidagi tarqalgan videolavha Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘ldi.

Videolavhada Ohangaron tumani hududida NIVA rusumli, 01 363 VSG davlat raqam belgili avtomobil haydovchisi qarama-qarshi yo‘nalishda yurib, temir yo‘l kesishmasi orqali harakatlanish qoidalarini buzganligi holati aks etgan.

Holat o‘rganildi va NIVA rusumli, 01 363 VSG davlat raqam belgili avtomobil biriktirilgan haydovchi O.S. ga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma tuzilib, BHMning o‘n baravari, ya’ni 2.450.000 so‘m miqdorida jarima jazosi belgilandi.