Qo‘qon shahar “zam hokimi” pora bilan ushlandi

  • 15:42 / 19.08.2021
  • 413

Qo‘qon shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A.N. jinoyat ustida qo‘lga olindi, deya yozmoqda “Xabar.uz” nashri.

Ma’lum qilinishicha, mansabdor Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari O.M. bilan birga ushlangan. Ikki mansabdor jinoiy til biriktirib, bir tadbirkorga mazkur temir yo‘l uzeli balansida bo‘lgan 2,5 gektar yer maydonidagi bino va inshootlar bo‘yicha o‘tkaziladigan auksion savdolarda uning foydasiga qaror chiqartirib berish evaziga 180 ming dollar talab qilgan.

Qayd etilishicha, talab qilgan puldan 10 ming dollarini olayotgan paytda tegishli organlarning tezkor xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Hozirga ularga nisbatan firibgarlik va pora berishga qasd qilish alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olingan. Dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.