Qoraqalpog‘istonda 18 yashar qiz o‘zini cho‘ktirmoqchi bo‘ldi

  • 15:42 / 11.06.2021
  • 256

Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘zini cho‘ktirmoqchi bo‘lgan 18 yoshli qiz qutqarib qolindi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar bermoqda

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 10-iyun kuni, tungi soat 22:10larda Nukus shahri hududidan oqib o‘tuvchi “Do'stlik” kanaliga o‘zini tashlagan qiz haqida Milliy gvardiya xodimlariga xabar kelib tushgan. 

So‘ngra, manzilga yetib borgan mas’ullar tomonidan qiz suvdan olib chiqilib, unga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Dastlabki surishtiruvlar mobaynida ushbu fuqaro Qorako‘z tumanida yashovchi 2002-yilda tug‘ilgan U.T. ekanligi ma’lum bo’ldi. Uning nima sababdan o‘zini suvga tashlagani esa, hozircha noaniqligicha qolgan.

Ta’kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan Nukus shahar IIB tomonidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Avvalroq, Qoraqalpog‘istonda ikki nafar o‘smir suvga cho‘kib, halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.