Qoraqalpog‘istonda 29 nafar abituriyentni o‘qishga kiritishni va’da qilgan shaxs ushlandi

  • 10:27 / 24.09.2021
  • 106

Qoraqalpog‘istonda fuqaro o‘qishga kiritib qo‘yishini aytib 29 nafar abituriyentning qariyb 100 ming dollar pulini olgani aniqlandi.

Mazkur jinoiy ish Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmalari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirda fosh qilingan.

Ma’lum qilinishicha, fuqaro R.E. boshqa bir fuqaro Sh.ga go‘yoki o‘zini Davlat test markazida ishlovchi shaxs sifatida tanishtirib, unga “Ali” ismli tanishi orqali o‘qishga kira olmagan abituriyentlarning ballarini kirish ballariga tenglashtirib, jami 29 nafar abituriyentni o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 83 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.