Qoraqalpog‘istonda 440ta qo‘y-echkilar yonib ketdi

  • 16:21 / 21.04.2021
  • 116

Qoraqalpog‘istonda 440ta qo‘y-echkilar yonib ketdi

2021-yil 21-mart kuni Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumani “Ellikqal’a” ovul fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Ahmad Niyazimbetovga tegishli qo‘ra 440 bosh qo‘y-qo‘zisi va echki-ulog‘i bilan noma’lum sabablarga ko‘ra yonib ketgan.

Bu haqda Qoraqalpog‘iston Prokuraturasi ma’lum qildi.

Mazkur holat yuzasidan Ellikqal’a tumani IIB tomonidan JKning 173-moddasi 2-qism "v" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.