Qoraqalpog‘istonda brakonyerlarning 6 ta kiyikni ovlagani aniqlandi – foto

  • 13:50 / 12.09.2021
  • 197

10-sentabr kuni Sudochye-Akpetkey buyurtma qo‘riqxonasi davlat inspektorlari tomonidan ekologik huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish yuzasidan Taxtako‘pir tumani hududida nazorat tadbirlari amalga oshirilgan. Bu haqda qo‘riqxonaning Telegram’dagi rasmiy kanali xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, ushbu tadbir davomida Taxtako‘pir tumani “Dauqara” OFY hududida “UAZ” rusumli avtomobil davlat inspektorlarining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmasdan qochib ketgan. Davlat inspektorlari tomonidan ushbu “UAZ” rusumli avtomashina 35 km. uzoqlikgacha kuzatib kelingan.

Avtomashinadagi shaxslar qochish vaqtida yo‘l bo‘yiga kiyiklarni tashlab, no’malum tomonga yashiringan. Voqea joyiga Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasining Nazorat inspeksiyasidan tezkor gurux yetib borgan. 

Mazkur “UAZ” rusumli avtomashina tezkor topilib, hozirgi vaqtda Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.