Qoraqalpog‘istonda "GAI" xodimini bosib ketmoqchi bo‘lgan haydovchi ushlandi

  • 16:14 / 26.04.2021
  • 123

Ijtimoiy tarmoqda "Lacetti haydovchisi YPX xodimini bosib ketishiga ozgina qoldi" sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan YHXBB ma’lumot berdi.

Joriy yilning 25-aprel kuni soat 13:45larda, YPX xodimi Nukus shahar dehqon bozori yaqinida xizmat olib borayotgan vaqtda Lacetti avtomobilini to‘xtatgan va tekshiruv davomida yon oynalari tegishli ruxsatnomasiz qoraytirilganligini aniqlagan. Haydovchiga qoidabuzarligini tushuntirib transport vositasini vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirishini aytgan vaqtida haydovchi xodimga bo‘ysunmasdan avtomobilni xodimning ustiga haydashga uringan va ketib qolgan.

Xodimning bildirgisi asosida holat o‘rganilib, ketib qolgan haydovchi aniqlangan va belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.