Qoraqalpog‘istonda ham “uchastkavoy”ning kaltaklari sababli bir fuqaroning vafot etgani aytilmoqda

  • 21:03 / 29.07.2021
  • 289

Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan Taxiatosh tumani IIB profilaktika inspektorining fuqaroga nisbatan kuch ishlatlagani va buning oqibatida fuqaro vafot etgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlarga ko‘ra, fuqaro Dauletmuratov Baxtiyar Tleubayevich Taxiatosh tumani IIB profilaktika inspektori Baymuratov Salamat tomonidan olib ketilib, tuman IIBda unga tan jarohati yetkazilganligi sababli vafot etgan.

Qayd etilishicha, hozirgi kunda Dauletmuratov Baxtiyar Tleubayevichning o‘limi holati yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Holat bo‘yicha Taxiatash tumani IIB xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi va marhum B.Dauletmuratovning o‘limi sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Mazkur tergovga qadar tekshiruv harakati shaxsan Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori nazoratiga olingan.

Eslatib o‘tamiz, biroz avval huddi shunday holat Surxondaryo viloyatyaining Denov tumanida ham ro‘y bergani to‘g‘risida xabar berilgan edi.