Qoraqalpog‘istonda ikki nafar o‘smir suvga cho‘kib halok bo‘ldi 

  • 17:46 / 03.06.2021
  • 143

Joriy yilning 2-iyun kuni taxminan soat 14:00 larda Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanidan oqib o‘tuvchi “Qipchoqdaryo” kanalida ikki nafar o‘smir cho‘kib ketgan.

Ma’lum qilinishicha, 2009-yilda tug‘ilgan J.R ukasi – 2010-yilda tug‘ilgan J.D. bilan “Qipchoqdaryo” kanalida cho‘milib, ehtiyotsizlik oqibatida cho‘kib ketgan. Buni ko‘rgan qishloq odamlari bolalarni suvdan chiqarib, tuman tibbiyot birlashmasiga olib borgan. Ammo bolalar ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramasdan vafot etgan.


Hozirgi kunda mazkur holat bo‘yicha Mo‘ynoq tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.