Qoraqalpog‘istonda suv quvurini qazib olishda ishtirok etgan 4 kishidan 3tasi vafot etdi

  • 10:43 / 10.06.2021
  • 289

Kecha, 9-iyun kuni soat 05:30 larda Qoraqalpog‘iston Respublikasida suv quvurini qaziyotgan 4 nafar fuqaroni tuproq bosib qoldi. Bu haqda Respublika prokuraturasi xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, fuqaro 1990-yilda tug‘ilgan S.U. voyaga yetmagan 2006-yilda tug‘ilgan S.K., 2007-yilda tug‘ilgan S.M. va 2004-yilda tug‘ilgan D.M.lar bilan Qo‘ng‘irot tumani, “Suo‘enli” OFY hududining cho‘l qumlik qismida, yer ostida bo‘lgan suv quvurini qazib olayotgan vaqtida, tuproq o‘pirilib bosib qolgan.  

Natijada, fuqaro S.U., S.K. va S.M.lar voqea joyida vafot etgan. Voyaga yetmagan D.M. esa tuproq ostidan chiqarib olinib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Qo‘ng‘irot tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.