Qoraqalpogʻistonlik jurnalistlar Yulduz Usmonovani sudga berishdi

  • 15:34 / 09.06.2021
  • 606

Qoraqalpogʻistonlik jurnalistlar taniqli xonanda Yulduz Usmonovani sudga berishdi. Bunga xonandaning “Qoraqalpogʻistonda yashash oson emas. U Oʻzbekistonning choponi ichidagi bir xalq” degan gapi sabab boʻlgan.

Qoraqalpogʻistonning Nukus shahrida chop etiluvchi “El xizmatinda” gazetasi jurnalistlari ijodkorning “Chopon ichidagi” jumlasida haqorat alomatlarini koʻrishgan. Natijada ular tomonidan fuqarolik mahkamasiga daʼvo arizasi kiritilgan.

Jurnalist Davron Tojimurodov Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumani fuqarolik sudiga murojaat qilingani, daʼvo arizasini topshirishning oʻzi uchun 5 oy vaqt ketganini taʼkidladi. Jurnalistlar Yulduz Usmonovadan Qoraqalpogʻiston xalqidan uzr soʻrashni talab qilishmoqda.