Qozog‘istonda eng ko‘p sotilgan avtomobillar ro‘yxatini Cobalt va Nexia boshqarib turibdi

  • 06:53 / 19.05.2021
  • 91

Qozog‘istonning AvtoBiznes assosiasiyasi Qozog‘istonning avtomobil bozoriga oid statistik ma’lumotlarini elon qildi. Unga ko‘ra, Chevrolet avtomobillarining Qozog‘iston bozorlaridagi sotuvi joriy yil yanvar-aprel oylarida 4 697 foizga o‘sgan. 

Bu borada avtokompaniyaning ikkita avtomobili Hyundai va Toyota’ni ortda qoldirgan.

Mamlakatda joriy yil boshidan buyon esa Chevrolet’ning 8 923 dona turli rusumlardagi avtomobillari sotilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davrida bor-yo‘g‘i 186 donani tashkil qilgan. 

2021-yil aprel oyida Qozog‘istonda Chevrolet’ning 2 652 dona avtomobili sotilgan bo‘lib, shundan eng ko‘p sotuv Cobalt va Nexia avtomobillariga to‘g‘ri kelgan. (2020-yilning aprel oyida Chevrolet avtomobillari sotuvi 57 donani tashkil qilgan.)

Shuningdek, ushbu oyda eng ko‘p sotilgan avtomobillar orasida dastlabki ikki o‘rinni ham Cobalt (1 355 dona) va Nexia (1 003 dona) egallagan. 

Qolgan o‘rinlarni esa Hyundai Accent (986), Hyundai Santa Fe (619), Kia Rio (569), Toyota Camry (446), Hyundai Creta (333), Toyota RAV4 (316), Volkswagen Polo (271), Hyundai Elantra (245) rusumli avtomobillar band qilgan.