Qozog‘istonda Tesla zavodi qurilishi mumkin

  • 15:54 / 22.05.2021
  • 149

21-may kuni Tesla kompaniyasining rahbari va asoschisi Ilon Mask Moskva tomonidan tashkillashtirilgan “Yangi bilim” nomli forumda virtual ravishda ishtirok etdi, hamda Vashington va Moskvani muloqotga chaqirdi.

“Rossiyada iqtidor bor, Rossiyada energiya bor. Shu sababli ham AQSh va Rossiya o’rtasida muzokaralar, aloqalar bo’lishi lozim”, dedi Mask.

Shuningdek, dunyoning eng boy odamlaridan biri Rossiyada yaqin kelajakda Tesla zavodini ochishi mumkinligini ma’lum qildi.

E’tiborlisi, Maskning rejasiga ko’ra, bu kabi zavodlar MDH davlatirda, jumladan, Qozog’istonda ham ochilishi mumkin ekan.