Qozondagi fojiada halok boʻlganlar soni 10 kishiga yetdi. Tataristonda motam eʼlon qilindi (foto)

  • 16:17 / 11.05.2021
  • 395

Tataristonning Qozon shahrida joylashgan maktabdagi fojia oqibatida halok boʻlganlar soni 10 kishiga yetdi. Ularning aksariyati 8-sinf oʻquvchilari ekani aytilmoqda.

Hodisa oqibatida 20 kishi jabrlangan, 6 nafar oʻquvchi jonlantirish boʻlimida ogʻir ahvolda. Qochish uchun derazadan sakragan bolalarning ikki nafari voqea joyida halok boʻlgan. Oʻquvchilar zudlik bilan evakuatsiya qilingan va bolalar bogʻchasiga joylashtirilgan. Tatariston prezidenti Minnixanov Rustam Nurgaliyevich voqea joyiga yetib kelgan. Mamlakatning barcha maktablarida darslar bekor qilingan.

Foto:RIA

Avvaliga maktabda ikki nafar oʻsmir tomonidan oʻt ochilgani xabar berilgan edi. Keyin esa jinoyatchining bir kishi ekani maʼlum boʻldi. Otishmani sodir etgan 19 yoshli Ilnaz Galyaviyev jinoyatni sodir etishidan bir muddat avval kollejdan oʻqishdan haydalgan va Telegram ijtimoiy tarmogʻida kanal ochgan. Kollej oʻqituvchilari uning “bosiq va ziddiyatlarga bormaydigan” bola boʻlgani, oʻqituvchilar va boshqa talabalarni hurmat qilganini aytishgan. Oʻt ochuvchi qurol uning nomiga 28-aprel kuni rasmiylashtirilgan. Fojia sodir boʻlgan maktabda qorovul ishlamagan. Shu sababli oʻsmir maktab binosiga osonlikcha kirib borgan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin maktabda halok boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.

12-may – Tataristonda motam kuni deb eʼlon qilindi. Mamlakat maktablarida ertangi kungi barcha darslar bekor qilingan.

Foto:RIA
Foto:RIA
Foto:RIA
Foto:RIA
Foto:RIA
Foto:RIA
Foto:RIA