Qurilish vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

  • 10:16 / 25.05.2021
  • 247

Boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan qurilish vazirining o‘rinbosari Erkin Iskandarov lavozimidan ozod etildi.
Uning o‘rniga Sariosiyo tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan O‘ktam To‘rayev tayinlangan.

Shuningdek, To‘rayev O‘ktam Ismailovichning Sariosiyo tumani hokimligidagi o‘rnini shu kungacha viloyat hokimi o‘rinbosari,  mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Xo‘jaqulov Abdusalom egalladi.