Qurol va o‘q-dorilarni saqlash tartiblari ustidan nazorat to‘liqligicha IIVga o‘tkazilishi mumkin

  • 11:11 / 07.04.2021
  • 249

Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasida qurol to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirishga oid Qonun loyihasi muhokama qilindi.

Unga ko‘ra, qurol va uning o‘q-dorilari muomalasini davlat tomonidan tartibga solish va nazoratni amalga oshirish funksiyalarini Milliy gvardiyadan ichki ishlar organlariga o‘tkazilishi mumkin.

Shuningdek, o‘qotar bo‘lmagan qurol bilan qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lish yoki qurol muomalasi qoidalarini buzish uchun jinoiy va ma’muriy javobgarlik nazarda tutiladi.
Bundan tashqari, qonunlardagi mavjud tushunchalar, qurol turlari
va ularning huquqiy holatini “Qurol to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiqlashtiriladi.

Mazkur Qonun Senat qo‘mitasi a’zolari hamda qo‘mita tarkibidagi ekspertlar guruhi tomonidan o‘rganilmoqda.