Quroldan o‘q uzishni butun mamlakatimiz aholisi bilishi shart – Lukashenko

  • 10:53 / 15.06.2021
  • 101

Belorussiya Prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakat aholisi o‘qotar quroldan foydalanishni bilishi kerak, deb hisoblaydi. Bu haqda BelTA axborot agentligini xabar qildi.
 
U o‘quvchilarni maktab yoshidan quroldan o‘q uzishga o‘rgatish lozim, deya ta’kidlagan 14-iyun kuni “Ustye” ishlab chiqarish klasteriga tashrifi chog‘ida.

“Bizning jang qilmasligimizga kim kafolat beradi ? Siz ham, men ham, hech kim kafolat berolmaydi. Dunyo umuman aqldan ozdi. Urush har qanday vaqtda har qanday joyda boshlanishi mumkin, Xudo saqlasin, bizda boshlanib qolsa-chi ? Har qanday vaziyatda qurollanib urushga tayyor turishimiz kerak ”, – deydi Lukashenko klaster davomida.