“Radar” o‘rnatilgan Nexia-3’lar soni va ularning qaysi hududlarni nazorat qilayotgani ma’lum bo‘ldi

  • 12:35 / 15.07.2021
  • 246

IIV YHXBB ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan yo‘llardagi qonunbuzarliklarni qayd etuvchi mobil komplekslar (harakatlanib tezlikni aniqlash tizimi)ga nisbatan salbiy fikrlarga o‘z munosabatini bildirdi.  

Bosh boshqarmaning ma’lum qilishicha, ayni vaqtda Prezidentning 2018-yil 30-oktyabrdagi PQ-3989 qaroriga muvofiq, Germaniyaning “ATLAS International” kompaniyasi tomonidan yo‘l harakati qoidalari buzilishini foto-video fiksatsiya qilishning avtomatlashtirilgan tizimini Andijon, Namangan, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari hududida joriy etish amalga oshirilmoqda.

Mazkur qaror doirasida 50 ta mobil komplekslar mahalliy “Nexia-3” rusumli yangi avtotransport vositalariga o‘rnatilib, yuqorida qayd etilgan hududlarda faoliyat ko‘rsatmoqda.

Shuninglek, dunyoning rivojlangan mamlakatlarida, jumladan, Germaniya davlatida mobil komplekslardan, ya’ni harakatlanib tezlikni aniqlash tizimidan samarali foydalanib kelinadi.

Qayd etiliishcha, Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlari hududida xizmatda foydalanib kelinayotgan mobil foto-videofiksatsiya komplekslari yordamida bugungi kunga qadar jami 712 243 ta qoidabuzarlik aniqlangan.

Jumladan:
– Toshkent viloyati – 408 574 ta;
– Namangan viloyati – 127 602 ta;
– Farg‘ona viloyati – 91 424 ta;
– Andijon viloyati – 84 641 ta.

Bundan tashqari, bugungi kunda respublika bo‘yicha jami 279 ta fotoradarlar mavjud bo‘lib, ulardan 126 tasi statsionar, 103 tasi ko‘chma va 50 tasi mobil uskunalarning barchasi onlayn rejimida ishlamoqda.