Ramos Yevro-2020'da qatnashmaydi

  • 19:45 / 24.05.2021
  • 123

Ispaniya futbol bo‘yicha milliy terma jamoasining bosh murabbiyi Luis Enrike Serxio Ramosning Yevro-2020'ga yo‘l oladigan tarkibga kiritmaganini izohladi. 

“Yevro-2020 uchun 24 nafar futbolchini chaqirishga qaror qildik. Ramosga kelsak, u yanvar oyidan buyon yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagani sababli tarkibda emas. Bu haqda o‘ziga aytish ham oson bo‘lmadi.
Albatta, bu yoqimsiz holat, sababi Ramos har doim yuqori darajali o‘yinchi bo‘lgan. Ammo bu qaror jamoa manfaati uchun ishlashini tushunib turibman”, – dedi ispaniyalik mutaxassis. 
Ma’lumot uchun, Ramos Ispaniya tarkibida eng ko‘p – 180ta o‘yinda maydonga tushgan yagona o‘yinchi hisoblanadi. 

Eslatib o‘tamiz, Yevropa chempionati 2021-yil 11-iyundan 11-iyulgacha Yevropaning 12ta davlatida bo‘lib o‘tadi. Unda Ispaniya termasi bir guruhda Slovakiya, Shvetsiya hamda Polsha termalari bilan bahs olib boradi.