Ramzan Qodirov Rossiyaning eng boy gubernatori ekani maʼlum boʻldi

  • 10:38 / 02.06.2021
  • 106

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Rossiyaning eng badavlat gubernatori ekani maʼlum boʻldi. Mintaqa rahbarining rasmiy saytida eʼlon qilingan daromad va mol-mulk haqidagi maʼlumotlarga koʻra, Qodirov 2020-yilda 381,1 million rubl daromad topgan.

Saytdagi maʼlumotda daromad manbalari koʻrsatilmagan. Unga koʻra, Qodirov kattaligi 3668 va 28 361 kvadrat metrga teng boʻlgan ikkita yer maydoni, shuningdek kattaligi 2344 kvadrat metrga teng boʻlgan uyga egalik qiladi.

Eng badavlat gubernatorlar reytingidagi ikkinchi oʻrin Mariy El respublikasi rahbari Aleksandr Yevstifeyevga nasib qilgan. Deklaratsiyasiga koʻra, u yer maydonlari, uylar, hammom, ikkita kvartira, mashina turargohlari hamda garajlar savdosi ortidan oʻtgan yili 84,7 million rubl ishlagan.