Ramzan Qodirovning 22 yoshli qizi Madaniyat vaziri boʻldi

  • 11:10 / 11.10.2021
  • 123

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning toʻngʻich qizi – 22 yoshli Ayshat Qodirova Checheniston Respublikasi Madaniyat vaziri lavozimini egalladi. Bu haqida Respublika parlamenti spikeri Magomed Daudov oʻzining Instagram sahifasida maʼlum qildi.

“Qadrli jiyanim Ayshat Ramzanovna Qodirovani Checheniston Respublikasi Madaniyat vaziri lavozimiga tayinlangani bilan tabriklayman”, deb yozdi Daudov.

Spikerning aytishicha, shu kungacha Madaniyat vaziri oʻrinbosari lavozimida ish olib borgan Ayshat Qodirova Checheniston madaniy hayoti taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻygan. “Ayshat respublikadagi kutubxonalar, madaniyat uylari, teatrlarning rivojlanishiga katta hissa qoʻshdi, shuningdek Checheniston Respublikasi madaniyat vazirligining barcha yoʻnalishlarida yuqori natijalarga erishdi”, deb yozdi Daudov.