Raqobatga boy qarama-qarshilikda Nadal g‘alabalar soni bo‘yicha Jokovichga tenglashib olishi mumkin

  • 17:23 / 10.06.2021
  • 58

Dunyoning birinchi va uchinchi raqamli raketka ustalari Novak Jokovich va Rafael Nadal juma kuni Rolan Garros turnirining yarim finalida o‘zaro to‘qnash kelishadi.

11-iyun kuni ikkala sportchi o‘z faoliyatlari mobaynida 58-marta ro‘baru kelishadi. Bu tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida ochiq chempionatlardagi eng yuqori raqobatga boy qarama-qarshilik hisoblanadi. Qayd etilishicha, ayni paytda Jokovich 29:28 hisobi bilan peshqadamlik qilmoqda.

Shuningdek, Serb va ispan tennischisi Roland Garros’da o‘zaro to‘qqizinchi marta to‘qnashishadi. Jokovich Nadalni bir marta, 2015-yil Parijda yengishga muvaffaq bo‘lgan xolos. Qolgan yetti to‘qnashuvda Nadalning qo‘li baland kelgan.

Qumli kordlarda Nadal Jokovichdan 19:7 hisobida oldinda bormoqda. So‘nggi bor Novak Rafaelni 2016-yil Rimda mag‘lubiyatga uchratgan. Shundan so‘ng, Nadal ketma-ket besh marotaba qumli maydonlarda zafar quchgan.

Teglar