Rasman: Abituriyentlar 5 tagacha ta’lim yo‘nalishiga hujjat topshirishi mumkin

  • 08:59 / 13.06.2020
  • 1875

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, abituriyentlarga test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi hamda fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqi berildi.

Shuningdek, kirish test sinovlari abituriyent tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fandan o‘tkaziladi.

Abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish joriy yilning 20-iyunidan 20-iyuliga qadar (shu kuni ham) bo‘lgan muddatda quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan hududlarda Davlat xizmatlari markazlari orqali.

Barcha hududlarda:

– Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal; 
– Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (www.dtm.uz) orqali.