Rasman! Lionel Messi “Barselona”dan ketdi!

  • 23:36 / 05.08.2021
  • 360

Bundan ikki tomon ham chuqur afsusda.

Kataloniya klubi “Barselona” klubning tirik afsonasi Lionel Messining jamoadan ketganini rasman eʼlon qildi. Bu haqda klub rasmiy bayonot berdi.

Unga koʻra, klub va futbolchi oʻrtasida shartnomani uzaytirish borasida oʻzaro kelishuv boʻlishiga qaramasdan, ligadagi moliyaviy qoida va cheklovlar tufayli argentinalik hujumchi jamoada qola olmaydi.

“Ikki tomon ham yangi shartnoma amalga oshmaganidan chuqur afsusda. Klub Messining kelajakdagi faoliyatiga omad tilaydi”, — deyiladi “Barselona” bayonotida.

Alohida qayd etish joiz, argentinalik futbolchi “koʻk-anorrang” libos bilan jami 778 uchrashuv oʻtkazib, 672 ta gol urgan va 305 ta golga uzatma amalga oshirgan. Shuningdek, Leo “Barselona” bilan 35ta sovrin yutishga muvaffaq boʻldi.