Rasman! Xames Rodrigez Qatar Yulduzlar ligasida toʻp tepadi

  • 22:54 / 22.09.2021
  • 90

Qatarning “Al-Rayyan” klubi yarim himoyachi Xames Rodrigesni oʻz safiga qoʻshib olganini eʼlon qildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Hozircha transfer shartlari va moliyaviy tomonlari oshkor qilingani yoʻq. Avvalroq, futbolchi qatarliklar bilan 3 yillik shartnoma imzolashi borasida maʼlumotlar tarqalgan edi,

Eslatib oʻtamiz, 30-yoshli Xames bu mavsumda “Everton” tarkibida birorta uchrashuvda maydonga tushgani yoʻq. Ispaniyalik mutaxassis Rafa Benites “irislar” bosh murabbiyi etib tayinlanganidan soʻng, u zaxira futbolchisiga aylangan edi.