“Real”, “Barselona” va “Yuventus” Chempionlar Ligasidan chetlashtiriladi

  • 15:56 / 02.06.2021
  • 148

Kataloniyaning “Barselona”, Madridning “Real” va Turinning “Yuventus” klublari Superligani tark etishdan bosh tortganliklari sababli 6-iyunga qadar Chempionlar Ligasidan chetlashtiriladi, deb xabar bermoqda “La Repubblica”.

19-aprelda  Angliyaning “Manchester Yunayted”, “Liverpul”, “Manchester Siti”, “Arsenal”, “Chelsi” va “Tottenhem”, Ispaniyaning “Barselona”, “Real Madrid”, “Atletiko”, hamda Italiyaning “Inter”, “Milan” va “Yuventus” klublari ushbu yangi turnirga qo‘shilganliklarini ma’lum qilishgan edi. Biroq bir necha kun o‘tgach, yuqoridagi jamoalarning ko‘pchiligi  musobaqadan chiqib ketishlarini e’lon qilishdi.

“Barselona”, “Real” va “Yuventus” vakillari, UEFA raqobat qoidalarini buzayotgani uchun Yevropa Ittifoqi sudiga murojaat qilishdi. Dastlab, Yevropa Superligasida 20ta klub mavjud edi, ammo UEFAning qattiq tanqidlari va muxlislarning norozilik reaksiyasidan so‘ng, ko‘plab jamoalar ushbu loyihaga a’zolikdan chiqib ketishga qaror qilishgan.

Ta’kidlash joizki, hozirda faqatgina ushbu uchta klub,  “Barselona”, “Real Madrid“ va “Yuventus” Superliga loyihasini inkor etmayapti.