“Real”ning yangi bosh murabbiyi qaysi futbolchi jamoaga kerak emasligini aytdi

  • 11:59 / 11.06.2021
  • 492

“Real Madrid” himoyachisi Alvaro Odriosola yozgi transfer oynasi vaqtida jamoadan ketadi.
Bu haqda Eurofootball ma’lum qilmoqda.

Jamoaning yangi murabbiyi, 2020–2021-yilgi mavsum yakunida “Everton” bilan shartnomasini bekor qilib, yangi mavsum avvalida Madrid klubi bilan 2024-yilning yozigacha mo‘ljallangan bitimni imzolagan, Karlo Anchelottining shaxsan o‘zi futbolchini sotish tashabbusini ilgari surgan. Shuningdek, italiyalik 61 yoshli mutaxassis 25 yoshli futbolchiga umid bog‘lamasligini aniq aytgan.

Himoyachining “qirollik klubi” bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2024-yil o‘rtalariga qadar amal qiladi. Qayd etilishicha, Odriosolaning faoliyatini davom ettirish variantlari orasida Italiyaning “Milan” va “Inter” jamolari bor.

Ma’lumot uchun, Alvaro ortda qolgan mavsum Ispaniya chempionatida 13ta o‘yin o‘tkazib, 2ta gol muallifiga aylangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Madrid klubi rahbariyati jamoaning boshqa bir himoyachsi Serxio Ramos bilan xayrlashuv marosimi uchun tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida xabar berilgan edi.