Reper Morgenshtern ustidan sud boʻlib oʻtmoqda

  • 15:56 / 03.06.2021
  • 495

Rossiyalik taniqli reper Alisher Valeyevga nisbatan kliplarda giyohvand moddalarni targʻib qilish ayblovi bilan sud ishi boshlandi.

Ekspertiza reperning ikkita klipida giyohvand moddalarni targʻib qilish alomatlari bor deb topgan. Morgenshtern sudda aybdor deb tan olinsa, 1 million rublgacha jarima toʻlashi mumkin. Reperning oʻzi esa aybi borligini rad etyapti.

May oyining oʻrtalarida reperning advokati Sergey Jorin mazkur ish doirasida toʻrtta ekspertiza oʻtkazilgani, ularning ikkitasida targʻibot alomatlari aniqlangani, qolgan ikkitasida esa Morgenshternning aybi borligi oʻz tasdigʻini topmagani haqida aytgandi.