Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga direktor tayinlandi

  • 16:19 / 17.05.2021
  • 200

Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Islamov Miralisher Sadriddinovich Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori lavozimiga tayinlandi. 

U faoliyati davomida Toshkent tibbiyot instituti 1-klinikasi bo‘lim boshlig‘i,  ushbu klinikaning Xirurgiya bo‘limi bosh mutaxassisi, davolash ishlari bo‘yicha bosh shifokor o‘rinbosari, bosh shifokori, shuningdek, “AKFA MEDLINE” MChJ da tibbiyot texnologiyalari bo‘yicha maslahatchi lavozimlarida ishlagan. Bundan tashqari, u Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ham faoliyat yuritgan.

Tibbiyot fanlari doktori Miralisher Islamov  tayinlovdan avval Qurilish vazirligi bosh ekspertizasi, tibbiyot texnologiyasi bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimida ishlab kelgan.  
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 14 may kuni Prezident mazkur tibbiyot markaziga tashrif buyurgan edi.