Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan Dehliga aviaqatnovlar bekor qilindi

  • 17:27 / 17.06.2021
  • 160

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, Hindistonda yuzaga kelgan epidemiologik vaziyat munosabati bilan 2021-yil 18-iyundan boshlab “Uzbekistan Airways” AJ haftaning juma kunlari amalga oshirilayotgan Toshkent-Dehli-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlarni bekor qiladi.
Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi. 

Yo‘lovchilarga bekor qilingan qatnov aviachiptasi uchun pul mablag‘larini qaytarib olish taklif etiladi.

“Uzbekistan Airways” AJ yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.