Retseptsiz beriladigan dori vositalar ro‘yxati yangilandi

  • 11:54 / 09.12.2019
  • 911

Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan O‘zbekistonda retseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxati tasdiqlandi. 

Yangi ro‘yxatda 192ta monopreparat dori vositalari bo‘lsa, avvalgi ro‘yxatda 188 ta dori vositasi bor edi.  Shuningdek, 1032ta kompleks preparat pozitsiyasi (avvalgisi - 1085ta) joy oldi.

O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan va dorixonalardan shifokor retseptisiz beriladigan dori vositalariga ro‘yxatga kiritilgan dori vositalarining xuddi shu tarkibdagi ta'sir qiluvchi moddalari va dori shakliga, dozasiga ega bo‘lgan dori vositalari ham kiradi.

Dori vositalarining o‘ramlari, tibbiyotda qo‘llanishiga doir yo‘riqnomalari, ilova-varaqalarida ko‘rsatilgan dori vositalarini berishda, berish tartibidan qat'iy nazar, ro‘yxatga amal qilinishi kerak.

Ro‘yxatning to‘liq qismi bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.