Rihanna milliarderga aylandi

  • 15:08 / 05.08.2021
  • 545

Rasman Rihanna milliarder va dunyodagi eng boy ayol qo‘shiqchi. Uning daromadi 1,7 milliard dollarga yetgan.

Eng qizig‘i daromadining asosiy manbai musiqa emas, balki Fenty Beauty kosmetik kompaniyasi hisoblanadi (1,4 milliard).

Forbes xabar berishicha, ushbu kompaniyaning 50 foiziga Rihanna egalik qiladi. Boylikning qolgan qismini Savage x Fenty kompaniyasi va musiqadan keladigan daromad tashkil etadi. Fenty Beauty kompaniyasiga 2017-yilda fransuz qimmatbaho buyumlar konglomerati LVMH bilan birgalikda asos solingan va 2018-yildayoq 550 million dollar yillik daromad keltirgan. Savage x Fenty kompaniyasi esa 1 milliard bozor qiymatiga ega. Bundan tashqari, Rihanna ijtimoiy tarmoqlarda ham sifatli faoliyat olib boradi. Hozirda uning Instagram sahifasida 101 million, Twitter sahifasida esa 102,5 million obunachilar bor. 

Rihannaning barcha loyihalari ham muvaffaqiyatli emas. 2019-yilda LVMH bilan hamkorlikda Fenty moda va aksesuarlar kompaniyasiga asos solingandi. Ushbu kompaniya ham avvalgilaridek yuqori daromad keltirishi kutilgandi, biroq pandemiya sabab sotuvlar o‘smadi. Natijada joriy yilning fevral oyida kompaniya yopildi. 
So‘nggi yillarda Rihanna faol ijtimoiy hayot olib bormoqda. Hozirda u o‘zining brendi va yuqori daromadga ega.

O‘z navbatida, ijodkor shu davrgacha 250 milliondan ortiq yozuvlar sotishga muvaffaq bo‘lgan, lekin uning so‘nggi musiqiy albomi 2016-yilda chiqarilgan. Bu fakt esa uning muxlislari uchun yoqimli emas.