Rio Ferdinand: “Menga Ronaldu oʻzgarganini aytish kulgili tuyuladi, U oʻtgan mavsum A Seriyaning eng yaxshi toʻpurari boʻldi!”

  • 20:28 / 14.09.2021
  • 67

MYU sobiq himoyachisi odamlarning Krishtianu Ronalduning yoshi haqidagi gap-soʻzlariga qanday munosabatda ekanligini aytdi.

“Manchester Yunayted” va Angliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Rio Ferdinand muxlislar va mutaxassislarning Krishtianu Ronalduning yoshi haqidagi gap-soʻzlaridan kulgisi qistaganini tan oldi.

“Menga Ronaldu oʻzgarganini aytish kulgili tuyuladi. Albatta, u oʻzgardi. Hammasi 10-15 yil ichida oʻzgaradi. Odamlar aniq narsani taʼkidlaydilar.

Albatta, boshqacha boʻladi. Ehtimol, u avvalgisidan sekinroq boʻlar. Lekin u maydonda tezroq oʻylay boshladi. U jarima maydonida qanday harakat qilishni biladi.

Odamlar bu vaziyatni juda koʻp tahlil qiladilar, buni uning maqomidan kelib chiqib tushunish mumkin. U oʻtgan mavsum A Seriyaning eng yaxshi toʻpurari boʻldi! Takror aytaman: u oʻtgan mavsum Lukakudan koʻra koʻproq gol urdi!

Ronalduning 36 yoshda boʻlganligi haqida gapirmay qoʻyaqoling. Unutmang, Krishtiano oʻzgacha. U futbol olamida 36 yoshli futbolchilar ichida jismoniy va ruhiy jihatdan butunlay boshqacha saviyada”, — deya taʼkidlagan Ferdinand.