Ronaldinyo Messining “Barselona”dagi kelajagi haqida gapirdi 

  • 09:20 / 26.07.2021
  • 155

“Barselona”ning sobiq futbolchisi Ronaldino Kataloniya klubida argentinalik hujumchi Lionel Messining kelajagi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Ayni paytda “Barsa”da biroz muammolar mavjud. Umid qilamanki, ularning hammasi hal qilinadi. Messi haqida shuni aytrish mumkinki, u jamoada qolishi kerak. Chunki u “Barsa” tarixidir”, - dedi afsonaviy braziliyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Messining Kataloniya klubi bilan shartnomasi 30-iyun kuni o‘z yakuniga yetgan. Yangi kelishuv haqida esa hali e’lon qilinganicha yo‘q.

Avvalroq, La Liga Messini o‘zining rasmiy saytidan olib tashlaganligi haqida xabar berilgan edi.