Ronaldu APL, La Liga va A Seriyada xet-trikka erishgan ikkinchi futbolchi bo‘ldi 

  • 12:29 / 07.01.2020
  • 315

Krishtianu Ronaldu XXI asrda Angliya Premyer ligasi (APL), Ispaniya Premyerosi (La Liga) va Italiya chempionati (A Seriya)da xet-trikka erishgan ikkinchi futbolchi deya tan olindi. Bu haqda Bombardir nashri xabar berdi.

“Yuventus” hujumchisi A Seriyadagi xet-trigini 18-turidan o‘rin olgan “Kalyari”ga qarshi o‘yinda (4:0) qayd etdi.  Shu tariqa portugaliyalik hujumchi XXI asrda APL - Angliya Premyer Ligasi  (MYu), La Liga (Real) va A Seriyada (Yuventus) xet-trikka erishgan ikkinchi futbolchiga aylandi. 

Bungacha bunday natijani hozirda “Inter”da o‘ynayotgan Aleksis Sanches qayd etgandi. Chililik hujumchi “Udineze”, “Barselona” va “Arsenal” safida buni uddalagan. 

Ma’lumot uchun, 34 yoshli Ronaldu bu mavsumda A Seriyada 15 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta to‘p kiritdi va 2 ta golga hammualliflik qildi