Ronaldu jahon rekordiga yaqinlashdi

  • 16:43 / 10.06.2021
  • 500

Krishtiano Ronaldu terma jamoa safida eng ko‘p gol urish bo‘yicha yangi rekordga yaqinlashdi.

Portugaliya terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvi doirasida Isroilni mag‘lub etdi (4:0).
Uchrashuvda gollarga Bruno Fernandesh(dubl), Krishtianu Ronaldu va Joau Kanselular mualliflik qilishdi.

Jamoaning ikkinchi golini Ronaldu yarim himoyachi Bruno Fernandeshning uzatmasidan unumli foydalangan holda kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Ma’lum qilinishicha, futbolchi Portugaliya tarkibidagi so‘nggi 42 o‘yinida 43ta gol urgan.

Umumiy hisobda Ronaldu terma jamoa safida 104ta gol kiritgan. Portugaliyalik yulduz ushbu ko‘rsatkich bilan Eron terma jamoasi sobiq futbolchisi Ali Daining milliy terma jamoa safida engf ko‘p gol urish bo‘yicha rekordi (109 gol)ga yaqinlashdi.

Qayd etish joiz, Ronaldu Yevro-2020da eronlik futbolchini ortda qoldirishi mumkin. Krishtianu bu rekordni yanglashi uchun unga 6ta gol kifoya qiladi.