Ronaldu jahon rekordini oʻrnatdi

  • 13:15 / 10.10.2021
  • 224

Krishtianu Ronaldu xalqaro oʻyinlarda gol urgan mamlkatalar soni 46 taga yetdi. 

Kecha, 9-oktyabr oqshomida Portugaliya terma jamoasi Qatar termasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi hamda 3:0 hisobida gʻalaba qozondi. Uchrashuvning 37 -daqiqasida Ronaldu hisobni ochdi.

Shu tariqa, Qatar terma jamoasi xalqaro oʻyinlarda Krishtianu darvozasini ishgʻol qilgan 46-mamlakatga aylandi, deb xabar beradi “Manchester Yunayted”ning tvitterdagi rasmiy sahifasi. Keltirilishicha, hech bir futbolchi shuncha terma jamoaga gol urmagan.

Qatar darvozasiga urilgan gol Ronalduga terma jamoa uchun eng koʻp gol urish boʻyicha oʻz rekordini yaxshilashga imkon berdi. Endi 36 yoshli hujumchining hisobida 112 ta gol bor.

Maʼlumot uchun, Krishtianu Ronaldu bugungacha Portugaliya terma jamoasi safida 181 oʻyinda maydonga tushib, 112 ta gol urdi va 41 ta golli uzatmani amalga oshirdi.