Ronaldu muxlislar nafratlanadigan sportchilar reytingiga tushdi. Ro‘yxatdan yana kimlar o‘rin olgan?

  • 09:50 / 10.07.2021
  • 799

Dunyodagi muxlislar eng yomon ko‘radigan sportchilar ro‘xati tuzuldi.

Unda “Los-Anjeles Lakers” basketbol jamoasi yetakchisi Lebron Jeyms birinchi o‘rinni egalladi.

Qayd etilishicha, so‘nggi 1 yil ichida ijtimoiy tarmoqlar orqali basketbol yulduzining manziliga 122 mingdan ortiq qo‘pol va haqoratli fikr-mulohazalar kelib tushgan.

Ushbu reytingning ikkinchi pog‘onasini futbol bo‘yicha Angliya terma jamoasi va “Manchester Yunayted” klubi hujumchisi Markus Rashford egalladi. Futbolchi Lebrondan ancha orqada qoldi. Unga 32 ming 328ta haqoratli izoh yo‘llangan.

Shunday qilib, dunyoning muxlislar nafratlangan 10 nafar sportchisi quyidagilardan tashkil topgan.

Lebron Jeyms (basketbol) - 122,568 (so‘nggi 12 oy ichida ijtimoiy tarmoqlar orqali yo‘llangan haqoratli izohlar)

Markus Reshford (futbol) – 32 328

Tom Breydi (Amerika futboli) – 28 151

Kevin Dyurant (basketbol) – 24 370

Bubba Uolles (NASCAR) – 21 750

Damien Lillard (basketbol) – 20 904

Trevor Bauer (beysbol) – 14 083

Krishtianu Ronaldu (futbol) – 11 757

Stiven Karri (basketbol) – 11 203

Mesut O‘zil (futbol) – 11 192